ONA TİLİM
Özbek Dili Bayramý anýsýna Assalom-u alaykum, deyman chin dildan,
Yaxshimisiz, tuzukmisiz qarindoshlarim.
Ayting Navoiy-u Boburdan she’rlar
Koʻngil saroyimning gul, yoʻldoshlarim!
Asrlar qa’ridan kelgan ovozni,
Eshiting, tushining, yaxshilab anglang.
Tilga xizmat qiling - oling borimni
Tilimni ulugʻlab oʻqing ham yodlang
Oʻzbek tilim mening, jonim ham faxrim,
Kimdir kamsitsa keladi qahrim,
Chap yonimda muhabbati, zikri tilimda
Ona tilim - oʻzbek tilim sen qadrdonim!
Onamning allasisan doim quloqda,
Oshiqning faryodisan yo‘lda, yoʻlakda,
Sening mehring jodir har bir bo‘lakda,
Ona tilim - Oʻzbek tilim, tomirda qonim.
Ulugʻbek, Ibn Sino ulug‘laring bor,
Timur bobo yonida Bobur senga yor,
Hamma narsa yaxshi, hamma narsa zo‘r,
Ona tilim - Oʻzbek tilim, oʻtmishdan yodim!
Tilim so‘z aytolmas gar sen bo‘lmasang,
Koʻngillar toʻliq emas gar sen to‘lmasang,
Dunyo jannat menga gar sen so‘lmasang
Ona tilim - Oʻzbek tilim sen mening xonim!
Hüseyin Kaba - 2021
Taþkent / Özbekistan
Sosyal Medyada Paylaşın:
(c) Bu şiirin her türlü telif hakkı şairin kendisine ve/veya temsilcilerine aittir.